Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambodja-Tailand chegarasidan mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda

Kambodja-Tailand chegarasidan mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik may oyi oxirida – ikki davlat o‘rtasidagi bahsli hududda yuzaga kelgan otishmada kambodjalik askarning halok bo‘lganidan keyin kuchaygan.

24 iyul kuniga kelib esa Kambodja va Tailand harbiylari o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi.

Chegaraga yaqin hududlarda yashovchi o‘n minglab tailandliklar uylarini tashlab chiqishgan. Kambodjalik rasmiylar ham chegara hududlaridan 4 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilinganini bildirdi.

Qurolli to‘qnashuv fonida har ikki tomon og‘ir harbiy texnikalar, artilleriya va aviatsiyani qo‘llamoqda.

Ma’lumot uchun, Kambodja bilan chegaradagi harbiy harakatlar oqibatida 15 nafar tailandlik halok bo‘ldi. Yana 46 kishi yaralangan.

Tailand SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, Surin viloyatida besh kishi, Sisaketda to‘qqiz kishi, jumladan, bir askar, Ubonratchatxani viloyatida bir nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring