Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Kamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Kecha, 8-aprel kuni Kamchik dovonida «Mercedes-Benz» rusumli yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Qady etilishicha, 8 aprel kuni soat 19:50 da A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismidan o‘tgan 258 kilometrida «Toshkent-vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring