Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada: koronavirusga yo‘liqqanlar soni 22 ming nafardan oshdi

Kanada: koronavirusga yo‘liqqanlar soni 22 ming nafardan oshdi

Foto: «Reuters»

Kanadada koronavirusning yangi turi bilan kasallanganlar soni 22 ming nafardan oshdi, virus qurbonlari esa 560 nafardan ko‘p. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakatning sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 22133 ta holat aniqlandi, qurbonlar soni esa 569 taga yetdi.

Virus tarqalishi eng ko‘p Kvebek (11677 ta holat) va Ontario (6237 ta holat) provinsiyalarida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring