Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada: 35 nafar maktab o‘quvchisi is gazidan zaharlandi

Kanada: 35 nafar maktab o‘quvchisi is gazidan zaharlandi

Foto: EPA/UPG

Kanadaning Monreal shahrida 14-yanvar kuni is gazidan zaharlangan 48 kishi (35 nafari maktab o‘quvchisi) kasalxonaga yotqizildi. Voqea tafsilotlari haqida «Toronto Star» gazetasi tez yordam xizmatiga asoslanib yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, avvaliga 15-20 nafar maktab o‘quvchisi ko‘ngil aynishi va bosh aylanishidan shikoyat qilgan. Barcha o‘quvchilar qo‘shni maktabga ko‘chirilgan, shunga qaramay, keyinchalik boshqa o‘quvchi va o‘qituvchilarda ham xuddi shu alomatlar aniqlandi.


Mavzu doirasida

Zangiotada bir xonadonda 5 nafar qiz is gazidan vafot etdi


Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga maktab isitish tizimidagi nosozlik bo‘lgan. Shunday bo‘lib chiqdi ham, o‘t o‘chiruvchilar maktab binosini tekshirishganida bu yerda to‘plangan is gazi miqdori shoshilinch evakuatsiya qilish uchun belgilangan me’yordan besh baravar (!) oshib ketgan ekan.

Gazeta yozishicha, kasalxonaga tushganlarning ahvoli o‘nglanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring