Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada 7 yoshli bolaga ikki puma hujum qildi

Kanadada 7 yoshli bolaga ikki puma hujum qildi

Yetti yoshli kanadalik bolakay och pumalar tomonidan qilingan hujumdan so‘ng kasalxonaga keltirildi.Hodisa Kanadadagi Kovichan ko‘li yaqinidagi qo‘riqxonada ro‘y bergan. Ikki och puma 7 yoshli bolaga hujum qilib, boshi, bo‘yni va qo‘liga og‘ir jarohat yetkazgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach qo‘riqxona xodilari pumalarni topishgan va otib tashlashgan. Serjant Skott Norrisning aytishicha, ular juda ozg‘in bo‘lgan va u qadar yaxshi holatda bo‘lmagan. Aftidan bolaning omon qolishiga pumalarning holsizligi ham sabab bo‘lgan.

Fevral oyida Amerikaning Kolorado shtatida yugurishga chiqqan erkakka puma hujum qilgan edi. Jabrlanuvchi yirtqich bilan kurashga kirishgan va og‘ir jarohat evaziga bo‘lsa-da uni o‘ldirgan.

Puma — mushuksimonlar oilasining eng katta vakillaridan biri. U yirikligi jihatidan faqat yo‘lbars, sher va yaguardan kichikroqdir. Ammo pumalarning odamga hujumi juda kamyob hodisa hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring