Kanadada favqulodda holat e’lon qilindi
Kanadaning Atlantika okeanidagi Yangi Shotlandiya provinsiyasi shimolida kuchli qor yog‘ishi sababli favqulodda holat joriy etildi.
Kanada Milliy ob-havo byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, hududning bu qismida 150 sm.gacha qor yog‘ishi mumkin, bu fevral oyidagi o‘rtacha yog‘ingarchilikdan ikki baravar ko‘p.
CBC telekanalining aniqlik kiritishicha, shamol tezligi 28 m/s gacha bo‘lgan qor yog‘ishiga Atlantika okeanidagi bo‘ron sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, viloyatning ushbu qismida dushanba kuni barcha ta’lim muassasalarida darslar bekor qilingan. Aholidan imkon qadar ko‘chalarda harakatlanishni cheklash so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter