Kanadada qurolli hujum: 4 kishi halok bo‘ldi

Kanada g‘arbidagi Frederikton shahrida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
Halok bo‘lganlardan ikki nafari politsiya xodimi ekani aytilmoqda.
Voqea Frederikton shahridagi Bruksayd Drayv mavzesida sodir bo‘lgan.
Politsiya aholiga: «Eshiklaringizni ochmang, tashqariga chiqmang», – deya murojaat qilgan.
Voqea nima sababdan va kim tomonidan uyushtirilgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter