Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadani oson yenggan Xorvatiyaga 3-tur og‘ir kechadi

Kanadani oson yenggan Xorvatiyaga 3-tur og‘ir kechadi

Foto: Championat.com

Qatardagi jahon chempionati F guruhining 2-tur ikkinchi o‘yinida Xorvatiya Kanadani mag‘lubiyatga uchratdi.

Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis 2-daqiqadayoq hisobni ochdi. Darvozabon Milan Boryan olis zarbasi bilan hujumni boshlab berdi, undan to‘pni qabul qilgan Byukenenning jarima maydoniga uzatmasini Devis golga aylantirdi. Devisning bosh bilan urgan goli Kanadaning mundiallar tarixidagi ilk goliga aylandi.

36-daqiqada xorvatlar hujumchisi Andrey Kramarich muvozanatni tikladi: Ivan Perishichning uzatmasini yaqin masofadan darvozaning pastki burchagiga aniq yo‘lladi — 1:1.

Oradan ko‘p o‘tmay jahonning vitse-chempionlari Livayaning goli evaziga oldinga o‘tib olishdi —2:1

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida yana Perishich-Kramarich juftligi o‘zini ko‘rsatdi — 3:1.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lovro Mayer so‘nggi golni kiritdi — 4:1.

QATAR-2022. F GURUHI. 2-TUR

Xorvatiya — Kanada — 4:1

Gollar: Kramarich (36, 70), Livaya (44), Mayer (90+4) — Devis (2).

Avvalroq o‘tkazilgan o‘yinda Marokash Belgiyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

2-turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan Xorvatiya to‘plar nisbatiga ko‘ra F guruhi peshqadamiga aylandi. Ikkinchi o‘rindagi Marokash hisobida ham 4 ochko bor. Belgiya (3 ochko) uchinchi, Kanada (0 ochko) so‘nggi o‘rinda. Kanada turnirni tark etdi. Belgiya esa guruhdan chiqish uchun 3-turda Xorvatiyaga qarshi juda qiyin imtihondan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring