Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kann kinofestivali: o‘zbekistonlik kinochilar nimalar bilan band? (foto)

Kann kinofestivali: o‘zbekistonlik kinochilar nimalar bilan band? (foto)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida o‘z paviloni bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi ishini davom ettiryapti.

Delegatsiya a’zolari taniqli kinoprodyuser, distribyuterlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib borishyapti.

Shuningdek, festivalda namoyish etilayotgan filmlar, Kann shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «PROlogue» xalqaro kinofestivaliga jalb etish bo‘yicha qizg‘in ish davom etmoqda.

O‘zbek delegatsiyasi turli mamlakatlar pavilonlariga ham tashrif buyurib, u yerda tashkil etilayotgan ma’ruzalar, mahorat darslari, uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti. Undan tashqari xorijiy davlatlar pavilonlari mutaxassislaridan mamlakat yoshlari tomonidan ishlab chiqarilgan to‘liq hamda qisqa metrajli filmlar haqida axborotlar olinib, ulardan «PROlogue» xalqaro kinofestivali uchun ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston delegatsiyasi jahon kinobozorida o‘zining munosib o‘rnini egallash uchun ilk qadamni tashlay oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring