Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Urugvayga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston Urugvayga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

Foto: O‘FA.

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga 1:2 hisobida yutqazdi. Bahs 13 oktyabr kuni Malayziyada o‘tkazildi.

Birinchi bo‘lib nisbatan teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limni o‘zbekistonliklar yomon boshladi va ikkita gol o‘tkazib yubordi. 51-daqiqada Torres, 60-daqiqada Sanabriya darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin oxirida O‘zbekiston bosimni kuchaytira oldi, ammo faqat bitta javob golini urdi. 82-daqiqada Ruslanbek Jiyanov darvozani ishg‘ol qildi. 

Shu tariqa Fabio Kannavaro qo‘l ostida jamoa ilk mag‘lubiyatga uchradi. Avvalroq O‘zbekiston Toshkentda Quvaytni yenggandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring