Kar-soqov qizni bir yigit urgani aks etgan video tarqaldi. Holat sababi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoq va messendjerlarda jismoniy imkoniyati cheklangan (kar-soqov) qiz va yigit o‘rtasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Unda yigit qizga qo‘l ko‘targani holati aks etgan.
Mazkur video Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Janjallashgan fuqarolarning shaxslari aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 avgust kuni taxminan soat 08.00 da Chilonzor tumani Sharq mahallasi hududida 22 yoshli M.M. va 27 yoshli U.K. o‘rtasida pul sababli janjal kelib chiqqan.
Badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Tergov oldi tekshiruvi natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter