Karantin — dam olish degani emas. Og‘ir atletikachilar xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Hozirgi pandemiya davrida barcha soha vakillari ish faoliyati masofaviy ishlash tizimiga o‘tkazilgan. Shular qatori sport sohasida ham mashg‘ulotlar onlayn olib borilmoqda. Ba’zi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar esa tabiat qo‘ynida mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun yo‘l olishgan.
Jumladan, «Karantin — bu dam olish kerak degani emas» shiori ostida uy sharoitida mehnatdan to‘xtamagan og‘ir atletikachilarimiz bugungi kunda Toshkent viloyati hududida mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda. Mashg‘ulot-yotoqxona-mashg‘ulot rejimida shug‘ullanayotgan sportchilar mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarini ham unumli o‘tkazishga harakat qilishmoqda.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mutasaddilari hamda terma jamoa murabbiylari tashabbusi bilan dam olish kunlarida stol tennisi, voleybol, shashka va shaxmat bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu hafta oxirida, ya’ni shanba va yakshanba kunlari hamyurtlarimiz xalqaro onlayn musobaqada ishtirok etishadi. Ushbu turnirda sportchilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter