Kasperskiy buzib bo‘lmaydigan telefon chiqaradi
KasperskyOS bazasida qurilgan himoyalangan mobil platformali telefondan sanoat va korporativ sektorda sinov foydalanishlari kuzdan boshlanadi. Bu haqda «Kasperskiy laboratoriyasi» rahbari Yevgeniy Kasperskiy «RIA Novosti»ga intervyusida ma’lum qildi.
«Bu siz o‘ylagan telefon emas, qo‘shiqlar, har xil ijtimoiy tarmoqlar va shunga o‘xshagan «mazali» narsalari yo‘q. Bizning qurilma — chinakam kommunikator, sanoat va korporativ sektor uchun KasperskyOS bazasida qurilgan himoyalangan mobil platforma», — dedi Kasperskiy.
Kasperskiyning aytishicha, bu telefondan qo‘ng‘iroqlar qilish mumkin, internet, messenjer, pochta, ofis ilovalari bo‘ladi, biroq qattiq cheklovlar bilan, chunki xavfsizlik birinchi o‘rinda.
«Kuzda telefonimizdan sinov tariqasida foydalanishni boshlaydigan xaridorlar nomini aytmayman, bu sir. Bular asosan, xodimlari maxfiy va qimmat ma’lumotlar bilan ishlaydigan yirik korporatsiyalar», — dedi taniqli mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter