Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan qabriston yonib ketdi

Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan qabriston yonib ketdi

Kecha, 16-may kuni soat 12:39 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan «Xalq» qabristonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Bu haqda Samarqand viloyati FVB xabar berdi.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 12:45 da yetib borilgan va soat 13:20 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida qabristonning taxminan 1 gektar maydonida xas-xashak yongan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring