Kattaqo‘rg‘onda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Bugun, 2022-yil 6-fevral kuni soat 10:10 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.Y. «Volvo» rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.
Natijada haydovchi M.Y.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tuman YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter