Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kecha Toshkentdagi «Archako‘cha»da bo‘lgan pichoqlashuv haqida xabar berildi

Kecha Toshkentdagi «Archako‘cha»da bo‘lgan pichoqlashuv haqida xabar berildi

Kecha, 5 iyunda Toshkent shahrida xalq orasida «Archako‘cha» nomi bilan mashhur bo‘lgan hududda yoshlar o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani va ikki kishiga pichoq urilgani haqida ma’lumot berildi.

Xabarda aytilishicha, 5 iyun kuni soat 18.00 va 19.00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) yoshlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal oqibatida ikki nafar yigit pichoqdan yaralanib, shifoxonaga yetkazildilar.

Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda. Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring