Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kechirmaymiz»: Bayden IShID ob’yektlariga zarba berishga tayyorlanishni buyurdi

«Kechirmaymiz»: Bayden IShID ob’yektlariga zarba berishga tayyorlanishni buyurdi

Jo Bayden AQSh qurolli kuchlariga IShID guruhi rahbarlari va ob’yektlarga zarba berishga tayyorlanishga buyruq berdi. Bu haqda Amerika rahbari Afg‘onistondagi portlashlardan so‘ng Oq uyda qilgan chiqishida ma’lum qildi.

Portlashlar uchun javobgarlikni IShID  o‘z zimmasiga olgan.

«Biz javob qaytaramiz. Kerak bo‘lsa zarba berishga shaymiz. Sizlarni hech qachon kechirmaymiz va bu qilmish uchun javob berasizlar», — deydi AQSh prezidenti terakt tashkilotchilariga maxsus murojaatida.

Shuningdek, AQSh prezidenti Afg‘onistondagi Amerika kontingentini ko‘paytirish taklifini ma’qullashga va’da berdi.

Fox News telekanaliga ko‘ra, Kobul aeroportida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 13 amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati dengiz piyoda askarlari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring