Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

«Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

Joriy yil 3-noyabr kuni «Kelajak merosi» xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–330-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:

  • adabiyot;
  • madaniy meros;
  • teatr va kino;
  • musiqa va raqs;
  • tasviriy va amaliy san’at;
  • moda va dizayn;
  • ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.

Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring