Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi mavsum Chempionlar ligasida Angliyadan 6 ta jamoa ishtirok etishi aniq bo‘ldi

Kelasi mavsum Chempionlar ligasida Angliyadan 6 ta jamoa ishtirok etishi aniq bo‘ldi

Avvaloq UYeFA keyingi mavsum Angliyadan 5 jamoa YeChLda ishtirok yetishini ma’lum qilgan edi. Kecha «Tottenhem» va «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi finaliga chiqqandan so‘ng keyingi mavsum YeChLda APLdan 6 jamoa ishtirok etishi aniq bo‘ldi. Sababi YeL g‘olibiga avtomatik YeChL yo‘llanmasi taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, agar YeL g‘olibi o‘z chempionatida YeChL yo‘llanmasi zonasida turib YeL g‘olibi bo‘lsa, qo‘shimcha yo‘llanma kuyib ketadi, misol uchun MYu APLda 5-o‘rinda turib YeLni yutsa, 6-o‘rindagi jamoaga YeChL yo‘llanmasi berilmaydi. Qachonki YeL g‘olibi o‘z chempionatida YeChL yo‘llanmasi taqdim etiladigan o‘rindan pastda bo‘lsa bu qoida ishlaydi. 

Ma’lumot uchun, hozirda MYu va «Tottenhem» APLda 15- va 16-o‘rinlarda bormoqda va qolgan turlardagi har qanday g‘alaba ularni YeChL yo‘llanmasi beriladigan xududga olib chiqmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring