Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida kelayotgan haftada issiq suv o‘chadi

Toshkent shahrida kelayotgan haftada issiq suv o‘chadi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida 2020-2021-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14-sentyabrdan boshlab poytaxtimizdagi Issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 21-25-sentyabr kunlari 2, 3 va 6-Issiqlik markazlari hamda «Suvsoz» va «Sanoatenergo» qozonxonalarining ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

2-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Feruza, Bo‘z-2 dahalarida;

3-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, 26, 27, 28, B-1, B-2, B-3 dahalarida;

6-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tolimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1-7 dahalarida.

«Suvsoz» qozonxonasi ta’minot yo‘nalishidagi:

— Husayn Boyqaro ko‘chasi, «Suvsoz» mavzesida.

«Sanoatenergo» qozonxonasi ta’minot yo‘nalishidagi:

— «Quruvchi» mavzesida.

«Toshissiqquvvati» DUK noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring