Kelgusi yilda 2008-yildagidan ham talafotliroq jahon inqirozi ro‘y berishi mumkin

Kelgusi yilda 2008-yildagidan ham talafotliroq jahon inqirozi ro‘y berishi mumkin, deb yozdi Business Insider.
Nashr qator asoslarni keltirdi:
- AQShda hozir uy-joy qurilishi uchun tasdiqlangan ruxsatnomalar soni rekord darajada kamaygan;
- Markaziy banklarning foiz stavkalari oshmoqda va buning oqibatida biznesni rivojlantirish uchun kredit oluvchilar soni tobora ozaymoqda;
- AQSh va Xitoy o‘rtasidagi faol savdo urushi;
- Retsessiya ehtimoli 60-80 foiz deya baholanmoqda — bu juda ko‘p.
Yuqoridagi omillarning barchasi 2008-yilgi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi — Buyuk retsessiyadan oldin ham yuzaga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter