Kelgusi yildan «Mahalla budjeti» tizimi joriy etilishi aytildi
Har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan «Mahalla budjeti» tizimi joriy etilishi aytildi.
Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:
- undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi;
- har yili 1-fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla budjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter