Kelin to‘y arafasida go‘zallik saloniga ketib, izsiz yo‘qoldi
![Kelin to‘y arafasida go‘zallik saloniga ketib, izsiz yo‘qoldi](http://static.xabar.uz/crop/3/1/720_460_95_3165960629.jpg)
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 32 yoshli erkak bo‘lajak rafiqasining to‘satdan g‘oyib bo‘lgani haqida politsiyaga xabar berdi.
Bu haqda Moskva shahri axborot agentligi huquq-tartibot organlariga asoslanib ma’lum qildi.
Kuyovning so‘zlariga ko‘ra, kelin to‘y arafasida go‘zallik saloniga borgan. Biroz vaqt o‘tgach, u aloqaga chiqmay qo‘ydi va qaytib kelmagan.
Hozirda politsiya qizni qidirmoqda. Hozircha uning qayerdaligi noma’lum.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter