Kesh Patel — FQBning yangi rahbari

Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori lavozimiga ko‘rsatilgan Kesh Patelning nomzodi AQSh Kongressi senati tomonidan tasdiqlandi. Ovoz berish jarayonini C-SPAN telekanali jonli efirda uzatdi.
Prezident Donald Tramp tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni yoqlab 51 nafar senator ovoz berdi, qarshilar — 49 nafar.
Kesh Patel 10 yil muddatga saylandi.
The Washington Post qayd etishicha, FQBning oldingi uch rahbari nisbatan ancha ko‘p — kamida 92 nafardan senatorning ovozini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas