Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keyingi besh yil Yer yuzidagi eng jazirama davr bo‘lishi mumkin

Keyingi besh yil Yer yuzidagi eng jazirama davr bo‘lishi mumkin

Meteorologlar yaqin besh yil ichida rekord darajadagi issiq yil bo‘lishini kutmoqdalar, deyiladi BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotida.

Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrning kamida bir yili 90 foiz taxmin bilan «eng issiq» bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu intervalning har bir yilida quruqlikdagi o‘rtacha harorat sanoatlashtirishgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlaridan kamida 1 darajadan oshadi. 

Meteorologlar tashkiloti rahbari Petteri Taalas ta’kidlaganidek, haroratning ko‘tarilishi «dunyoda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishni tezlashtirishga bir ogohlantirishdir».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring