Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kia O‘zbekistonda yangi Carens krossvenini taqdim etmoqda

Kia O‘zbekistonda yangi Carens krossvenini taqdim etmoqda

2024 yil 24 may kuni Toshkent shahrida yangi Kia Rohat dilerlik markazi ochildi. Shu kuni Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan yangi Kia Carens krossvenining tantanali taqdimot marosimi o‘tkazildi va sotuvlariga start berildi.

Kia Carens O‘zbekistonda to‘rt xildagi komplektatsiyalarda taklif etiladi. Xaridorlar uchun benzinli dvigatelning quyidagi modifikatsiyalari mavjud: 115 ot kuchiga ega yoqilg‘i taqsimlangan tarzda yetkazilishli 1,5 MPI hamda yoqilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishli turbopurkashli 160 ot kuchiga ega 1,5 T-GDI dvigatellari. Atmosferaviy 1,5 MPI dvigateli «intellektual» pog‘onasiz variatorli transmissiya bilan juftlikda ishlaydi. O‘z navbatida, dinamikaga ega 1,5 T-GDI esa – ikki ulanmali, yettita pog‘onali 7DCT preselektiv uzatmalar qutisi bilan agregatsiyalanadi. Barcha komplektatsiyalarda Kia Carens old privodga ega bo‘ladi. Krossvenning gabarit o‘lchamlari, uzunligi bo‘yicha 4545 mm, kengligi bo‘yicha 1800 mm, balandligi bo‘yicha 1705 mmga teng bo‘lib, g‘ildirak bazasi – 2780 mmni tashkil etadi.
Kia Carensʼning narxlari, komplektatsiyaga ko‘ra farqlanadi:

  • Comfort – 299 900 000 co‘m;
  • Luxe – 319 900 000 so‘m;
  • Premium – 374 900 000 so‘m;
  • Premium+ – 399 900 000 so‘m.

Kia Carens krossoverlar va minivenlarning jozibador xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan krossven hisoblanadi. 180 mm teng katta yo‘l sathidan balandlik zo‘r o‘tuvchi imkoniyatlarni ta’minlaydi, g‘ildiraklar arkalaridagi plastik qoplamlar esa avtomobilni krossoverlar stilistikasiga yaqinlashtirib, yomon yo‘llar bo‘ylab harakatlanishda kuzovni qo‘shimcha himoyalaydi. Shu bilan birga, minivenniki kabi keng salon, yo‘lovchilar va bagajni tashish uchun keng transformatsion imkoniyatlarni nazarda tutadi. Krossven bir xil darajada sayohat qilish va faol dam olishni yoqtiruvchi ko‘p bolali oilalar uchun avtomobil vazifasi bajarishi ham, yoki tadbirkorlar uchun mobil ofis sifatida xizmat qilishi ham mumkin. Xavfsizlik, zamonaviylik va foydalanishdagi qulaylik – ushbu avtomobilning asosiy bo‘lgan, biroq yagona afzalliklari emasdir.

Kia Carensʼning dizayni, Kiaʼning firmaviy «Qarama-qarshiliklar uyg‘unligi» («Opposites United») falsafasi bilan to‘liq muvofiq bo‘lib, tabiatdan ilhomlangan elementlarni qo‘llab, hi-tech uslubida yaratilgan. Krossvenning taniqli va unutilmas uslubi tuyg‘ular va hurmat hissini uyg‘otadi, avtomobil qat’iy va dadil qiyofaga ega. Shu bilan birga, Kia Carens eng zamonaviy tushunchalarga xos bo‘lgan nafosatga to‘liq me’yorga egadir. Kiaʼning firmaviy «Yo‘lbars tabassumi» uslubidagi radiator panjarasining dizayni, raqamli davrning zamonaviy trendlarini inobatga olgan holda yaratilgan bo‘lib, yorug‘likdiodli faralar, kunduzgi yurish chiroqlari va orqa chiroqlarining yaratilishida uchun Kiaʼning eng zamonaviy «Yulduzlar xaritasi» yorug‘lik texnikasi uslubidan foydalanilgan.

Kia Carensʼning intereri o‘zining zamonaviyligi va hatto futuristikligi bilan ilhomlantiradi. U har bir sayohatni mukammalga aylantirish maqsadida mayda tafsilotlarigacha o‘ta sinchkovlik bilan ishlangan. Krossven O‘zbekistonda salonning uch qatorli, olti o‘rindiqli joylashtiruv versiyasida, ikkinchi qatordagi, tugmani bir marotaba bosilishi orqali qatlanuvchi tizimga ega ikki «kapitanlar» o‘rindiqlari va 50/50 nisbatda qatlanadigan uchinchi qator o‘rindiqlari bilan taklif etiladi. Carensʼning isitilish va shamollatish funksiyalariga ega elegant va zamonaviy o‘rindiqlari yilning istalgan mavsumida qulaylikni ta’minlaydi. Hi-tech stilida ishlangan old panel haydovchi va yo‘lovchini go‘yoki qamrab olib, shinamlik muhitini yaratadi.

Ikkinchi va uchinchi qatorlar o‘rindiqlarining qatlanganligi holatiga ko‘ra («tekkis pol darajasi» gacha qatlanishlari mumkin), sig‘imning hajmi VDA uslubi bo‘yicha o‘lchovlarga muvofiq maksimal bo‘lgan 1973 litrgacha ko‘paytirilishi mumkin. Salonning ichida mayda buyumlarni saqlash uchun ko‘plab qo‘shimcha bo‘lmachalar, tokchalar va qutilar, stakanushlagichlar hamda sovitilishga ega ichimliklar bankalari va shishalari saqlash uchun bo‘lmalar, ikkinchi qator yo‘lovchilari uchun o‘rindiqlar orqa qismidagi qatlanadigan stolchalar nazarda tutilgan. Avtomobilda 8 ta dinamikli premium toifali Bose audio tizimi, simsiz zaryadlash paneli, USB ulagichlari, shu jumladan uchinchi qator yo‘lovchilari uchun ham o‘rnatiladi. 64 rangdan tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan konturli yoritish tizimi qo‘shimcha qulaylikni yaratadi. Shovqin va tebranishlarni kamaytirish uchun ko‘pgina konstruktiv yechimlar qo‘llangan. Bunday avtomobillar sinfi uchun juda kam bo‘lgan 0,31ga teng ayerodinamik qarshilik koyeffitsiyenti ham shovqinni kamaytirishga va tejamkorlikni yaxshilashga yordam beradi.

Yangi Kia Carens boshqaruvda yengil va aniqdir. Avtomobilning Makferson ustunlariga ega old va kesilgan torsion balka va burama prujinalar bilan orqa podveskalari boshqaruvning aniqligi va hatto yomon yo‘llar bo‘ylab sayohatda ham qulaylik o‘rtasidagi mukammal muvozanatga muvofiq tarzda sozlanganlar. Avtomobilning to‘rt g‘ildiragining barchasi samarali diskli tormoz tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u 100 km/soat tezlikda atigi 42,4 metrga teng ajoyib bo‘lgan tormozlanish izini ta’minlaydi.

Bazaviy komplektatsiyada avtomobil 205/65 R16 shinalar o‘lchamiga ega 16 dyuymli po‘lat disklar bilan jihozlangan va versiyalarning barchasida to‘liq o‘lchamdagi zaxira g‘ildiragi nazarda tutilgan.

Kia uchun an’anaviy tarzda, avtomobilni loyihalashtirishda xavfsizlik masalalari ustuvorlikka ega bo‘ldi. Kuzov konstruksiyadagi detallarning 34 foiz yuqori mustahkam (AHSS) po‘latidan tayyorlangan. 6 tagacha xavfsizlik yostiqchalari o‘rnatilishi mumkin, barcha versiyalarda orqa eshiklarda mexanik «bolalar qulfi» nazarda tutilgan.

Bazaviy versiyasining o‘zidayoq avtomobil tashqi ko‘zgularga o‘rnatilgan burilish belgilarini takrorlovchi signallar, tashqi ko‘zgularning isitilishi va qo‘shimcha stop signalga ega orqa spoyler bilan jihozlanishini ta’kidlash lozim. Avtomobilning barcha komplektatsiyalari immobilayzer, bloklanishga qarshi tizimi (ABS), kurs barqarorligi tizimi (ESC), shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi (TPMS), qiyalikka qo‘zg‘alishdagi assistent (NAS), orqa parkovka datchiklari va ortni ko‘rish kamerasi bilan jihozlandi. Krossven elektr oyna ko‘targichlar, kruiz-nazorati, qo‘l bilan boshqariluvchi tezlik cheklovi, konditsioner (2 va 3 qator o‘rindiqlar uchun qo‘shimcha konditsioner bilan) hamda yorug‘lik datchigi bilan jihozlangan. Ikkinchi va uchinchi qatorlar uchun yoritish plafoni, yukxona bo‘limining yoritilishi, ikkinchi qatordagi USB-ulagichi, yukxonadagi yukni mahkamlash uchun to‘r nazarda tutilgan. Modelning jihozlanishiga TFT-matritsasi asosidagi rangli 4,2 dyuymli displeyli zamonaviy Supervision qurilmalar paneli hamda markaziy 8 dyuymli displeyga ega multimedia tizimi kiradi.

Comfort komplektatsiyasida Yangi Carens galogenli faralar bilan jihozlanadi. O‘rindiqlarning qoplami – kombinatsiyalangan, eskirishga chidamli mato va sun’iy charmdan ishlangan bo‘ladi. Luxe komplektatsiyasida qo‘shimcha ravishda yorug‘likdiodli orqa chiroqlar, tashqi ko‘zgularni qatlash uchun elektr privodlar, rulning charmli qoplami, o‘rindiqlarning to‘liq sun’iy charmli qoplami, old o‘rindiqlarning isitilishi, old parkovka datchiklari, barcha oyna ko‘targichlar uchun Auto funksiyasi, dvigatelni tugma yordamida ishga tushish/to‘xtatish funksiyasiga ega Smartkey kalitsiz kirish tizimi, avtomatik iqlim nazorati tizimi nazarda tutilgan.

Ko‘p sonli yo‘lovchilarning qulay joylashuvi yoki sayohatga ko‘proq bagajni olish imkonini yaratuvchi salon transformatsiyasining keng imkoniyatlari nazarda tutilgan. Kia Carens yukxona bo‘limining hajmi 216 litrdan 1973 litrgacha o‘zgarishi mumkin.

Premium va Premium+ komplektatsiyalarida qulaylik va xavfsizlikning kengaytirilgan opsiyalar to‘plami nazarda tutilgan. Tashqi ko‘rinishidan bunday avtomobillar radiator panjaralarining xromlangan bezagi, tomdagi reylinglar, yorug‘likdiodli reflektorli asosiy faralar, yorug‘likdiodli tumanga qarshi faralar va kunduzgi yurish chiroqlari, yomg‘ir datchigi bilan ajralib turadilar. Salonning yorug‘lik diodli yoritilishi paketi va intererning konturli yoritilishi nazarda tutilgan. Tomdagi elektr privodli lyuk, old o‘rindiqlarning ventilyasiyasi jazirama kunlarida qo‘shimcha qulaylikni ta’minlaydi. Avtomobil bazaviy jihozlanishdan tashqari, salonning butun uzunligi bo‘ylab qo‘shimcha ravishda yon xavfsizlik yostiqchalari va xavfsizlik pardalari, Drive Mode Select harakat rejimlarini tanlash tizimi, ikkinchi qator oynalari uchun quyoshdan himoyalovchi pardalar, shuningdek, ikkinchi qator yo‘lovchilari uchun o‘rindiq orqa qismidagi qatlanuvchi stolchalar bilan jihozlanadi. Telefonni simsiz zaryadlash paneli va premium toifasidagi Bose akustika tizimi o‘rnatiladi.

Kia Carens kuzovning 7 xildagi: ko‘k Imperial Blue, kumush rang Sparking Silver, qizil Intense Red, oq rangli Clear White, kulrang Gravity Grey, shuningdek, «perlamutr» effektli oq va qora Glacier White Pearl va Aurora Black Pearl ranglar variantlarida taklif etiladi.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan Kia Carens’ga, avtomobildan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan tavsiyalarga rioya qilingan taqdirda, 5 yilga yoki 150 000 km masofa bosib o‘tilishiga, qay biri avval kelishiga ko‘ra kafolat beriladi.

Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan Kia.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Kia’ning O‘zbekistondagi tezkor axborot liniyasi: +998 (55) 500-83-33

YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan

Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring