Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kia va Hyundai O‘zbekistonda narxlarni oshirdi

Kia va Hyundai O‘zbekistonda narxlarni oshirdi

O‘zbekistonda «ishlab chiqariladigan» Kia K5 va Seltos narxlari 30-40 mln so‘mga oshdi. Shuningdek, Hyundai narxlari 10%-12%ga ko‘tarildi.

Koreya avto ishlab chiqaruvchilari mart oyida O‘zbekiston bozorida narxlarni sezilarli darajada oshirdi.

O‘zbekistonda tayyor mashina butlovchi qismlaridan yirik tugunli yig‘ish usuli bilan ishlab chiqariladigan Kia K5 va Kia Seltos keskin qimmatlashdi. O‘rtacha narx o‘sishi 10%-11%ni tashkil etdi. Ayrim pozitsiyalar 40 mln so‘mdan oshiqroqqa qimmatlashdi.

Kia shu yil boshidan buyon ikkinchi marotaba sotuvga chiqarish narxlarini oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil narxiga kiritilgan 3 foizli soliqning bekor qilinishiga qaramay, avto ishlab chiqaruvchilarining hech biri narxlarni pasaytirmadi.

Narxlar o‘sishi Ukrainadagi urush fonida ro‘y berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring