Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kichik halqa yo‘lining bir qismi yopiladi

Kichik halqa yo‘lining bir qismi yopiladi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Shu ishlarni yakunlash doirasida, poytaxtimizning KHAYning Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasidan  Qo‘rg‘oncha ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2024 yil 14 yanvar kuni soat 00:00 dan 04:00 gacha qisman yopiladi.

Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Haydovchilardan shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring