Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi

Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Tadbirda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  general-mayor Azizbek Ikramov, Samarqand viloyati xokimi o‘rinbosari Rustam Komilov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, faol yoshlar hamda markaz shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, yurtimizda kichik mutaxassislarni tayyorlashning zamon talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratilganligi, natijada esa yuksak nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘z bilimi, malakasi va mahorati bilan Qurolli Kuchlarimiz saflaridan munosib o‘rin egallayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikat va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring