Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In ehtimoliy vorisi bilan Xitoyga keldi

Kim Chen In ehtimoliy vorisi bilan Xitoyga keldi

Foto: Sinxua.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zining ehtimoliy vorisi bilan Pekinga keldi. 

Shimoliy Koreya yetakchisi qizi Kim Ju Aye bilan birga Pekinga yetib keldi, ushbu shaharda ertaga keng ko‘lamli harbiy parad bo‘lib o‘tadi. 

Xitoyning Sinxua axborot agentligi tomonidan chop etilgan suratlarda Kim Chen In qizi hamrohligida Pekin vokzalida zirhli poyezddan tushayotgani aks etgan. 

Janubiy Koreya razvedkasi avvalroq ta’kidlaganidek, Kim Ju Aye KXDR yetakchisining "ehtimoliy" vorisi hisoblanadi. 

2022-yilning kuzidan boshlab Kim Ju Aye otasining yonida tez-tez omma oldida paydo bo‘la boshladi, ammo u haqida juda kam ma’lumot mavjud. 

Xususan, uning yoshi noma’lumligicha qolmoqda. 2023 yilda Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati uning taxminan 10 yoshda ekanligini ma’lum qildi. 

Pekinda militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba va Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda Kimdan tashqari 20 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring