Kim Chen Inning 13 yoshli qizi raketa ishlab chiqarish tuzilmasiga rahbarlik qilmoqda — OAV
Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari qizining siyosiy va harbiy tizimdagi ishtiroki kuchayib bormoqda. Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, o‘smir qiz raketa dasturi bilan bog‘liq tuzilmani boshqarmoqda.
Newsweek nashri ma’lumotiga ko‘ra, KXDR rahbari Kim Chen In o‘zining 13 yoshli qizi Kim Ju Ega raketa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi boshqarmada rahbarlik vazifasini topshirgan.
Jurnalistlar ta’kidlashicha, mazkur qadam ehtimoliy vorisni mamlakat harbiy tizimini boshqarishga bosqichma-bosqich tayyorlash jarayonining bir qismidir. Uzoq istiqbolda esa bu qaror uning Koreya xalq armiyasiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim holatlarda harbiy hisobotlar bevosita Kim Ju Ega taqdim etilmoqda.
KXDRda bunday ishoralar an’anaviy ravishda kelajakdagi davlat rahbarini tayyorlash elementi sifatida qabul qilinadi.
Avvalroq Janubiy Koreya manbalariga tayanib, Kim Chen In hokimiyatni qizi Kim Ju Ega topshirish ehtimolini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter