Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
![Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi](http://static.xabar.uz/crop/1/5/720_460_95_1567944088.jpg)
G‘afurov Rustam Abdirasulovichni Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Rustam G‘afurov 1984 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va millioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi bank akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter