Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klintonlar oilasi Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozilik bildirdi

Klintonlar oilasi Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozilik bildirdi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va sobiq davlat kotibi Hillari Klinton moliyachi-pedofil Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasida ko‘rsatma berishga rozilik bildirdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Klintonlar o‘tgan yiliyoq qo‘mita oldida ko‘rsatma berishi kerak bo‘lgan, ammo bu jarayon keyinga qoldirilgan.

Er-xotin 26 va 27 fevral kunlari AQSh parlamenti quyi palatasining nazorat qo‘mitasida ko‘rsatma beradi.

Klintonlarning Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozilik bergani haqidagi ma’lumot ilk bor fevral boshida paydo bo‘lgan edi. Undan oldin Klintonlar oilasi bir necha bor ko‘rsatma berishdan bosh tortib kelishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring