Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulning qoq markazida portlash: qurbonlar bor

Kobulning qoq markazida portlash: qurbonlar bor

Afg‘oniston poytaxti Kobulda portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Aamaj News.

Portlash shahar markazida sodir bo‘lgan, portlovchi qurilma avtomobilga o‘rnatildi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi esa yaralangani ma’lum qilingan. 

Avvalroq bir qancha arab va g‘arb davlatlari rasmiylari Kobuldagi o‘z elchixonalarini yopishga qaror qilgani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.

Ularning fikricha, bunday qarorga «xavfsizlik sohasidagi tahdidlar» sabab bo‘lgan.

Al Arabiya telekanali manbalari qaysi davlatlar Afg‘oniston poytaxtidagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgani haqida ma’lumot bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring