Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘cha bezorilari videosiga IIBB munosabat bildirdi

Ko‘cha bezorilari videosiga IIBB munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxs fuqaroni urayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 1-iyul kuni taxminan soat 20.25 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 y.t. N.T., 1993 y.t. S.Q., 1987 y.t. D.Q., 1995 y.t. H.Q., 1994 y.t. J.I., 1997 y.t. Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. So‘ng N.T.ni o‘zlari kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan.

N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring