Ko‘chada qolib ketgan ayol shifoxonaga olib borildi
Joriy yilning 13 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Mirobod tumanidagi Markaziy univermag yaqinidagi avtobus bekatida ayol kishi yerda yotgani va u nogiron bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ta’kidlanishicha, ushbu xabar e’lon qilinishidan avval, bu holat bo‘yicha ayolga yordam ko‘rsatilgan.
Shu kuni Mirobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan hududni ko‘zdan kechirayotgan vaqtida yerda yotgan ayolni ko‘rib qolgan. Ayol tibbiy yordamga muhtojligi sababli profilaktika inspektori tez-tibbiy yordam xizmatini chaqirtirgan.
O‘rganish jarayonida 60 yoshli M.A.ning doimiy yashash joyi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayol tez-tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan yaqin oradagi shifoxonaga olib borilgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter