«Ko‘cha»da valyuta almashtirayotganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.R. fuqarolar N.X va I.Ch.ga 4 000 AQSh dollarini 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.
Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.R. fuqaro A.A.dan 4 200 AQSh dollarini 51,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Olot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.B. 3 500 AQSh dollarini fuqaro D.Ya.ga 43 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter