Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kecha xabar berilganidek, 16-iyul kuni soat 14:40 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yong‘in ko‘lami va yetkazilgan zararlarning miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter