«Ko‘mir magnati» vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Bagam orollarida vertolyot qulab tushdi. Yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda «Focus» xabar berdi.
Halokatga uchraganlarlar orasida amerikalik milliarder, ko‘mir magnati Kris Klayn va uning qizi ham bo‘lgan.
Vertolyot Fort-Loderdeyldagi orollardan biridan uchib kelayotgandi. Parvozga ko‘tarilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay u kuzatuv moslamalaridan yo‘qolib qolgan.
«Forbes» Klaynning boyligini 1,8 mlrd. dollarga baholagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter