Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–671, 08.02.2021-y) qabul qilindi.
O‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
- harbiy sudlar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
- tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
- tumanlararo ma’muriy sudlari.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter