Konstitutsiyaga «snos» muammolari bilan bog‘liq norma kiritilmoqda
Bugun, 24 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda fuqarolarning uy-joyli bo‘lish huquqi xususida ham to‘xtalib, bu huquq konstitutsiya darajada mustahkamlanishi ta’kidlandi. Ya’ni, davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishiga shart-sharoit yaratishi belgilanmoqda. Shuningdek, ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan ta’minlashning qonuniy asoslari yaratilmoqda.
Qolaversa, Konstitutsiyada hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi aniq ravshan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bunda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Qayd etilishichA, mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatda o‘tkir muammolardan biriga aylangan «snos» bilan bog‘liq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter