Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq ayrim talabalarga kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi.
OTMlar bakalavriati va magistraturasiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020-yilning 1-dekabri etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter