Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p miqdordagi pulni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ko‘p miqdordagi pulni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bekobodlik ayol Sh.M. 20 ming AQSh dollarini oyoq kiyimlari ichiga yashirgan holda «Farhod» chegara bojxona posti orqali Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX tomonidan to‘xtatib qolingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan vaqtda esa u yana bir bor xuddi shunday noqonuniy harakatni sodir etdi.

Bu safar u egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 70 ming AQSh dollarini aynan shu chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu ko‘p miqdordagi xorijiy valyuta qimmatliklari Tojikiston fuqarosiga tegishli bo‘lib, Sh.M. o‘zining kur’yerlik xizmatiga ma’lum bir miqdorda pul mablag‘i olishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring