Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus faqat poytaxt aholisi orasida qayd etilmayapti

Koronavirus faqat poytaxt aholisi orasida qayd etilmayapti

Foto: «Uznews.uz»

Ayni paytda nafaqat poytaxtimiz yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda.

Profilaktika maqsadida namuna topshirgan fuqarolarda ham kasallik tasdiqlanayotgani esa koronavirusning odamlar orasida yuqish xavfini yana oshirmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi avval xabar qilganidek, 19-iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 20-iyun kuni esa 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi yana oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

20-iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan tashkil etmoqda.

Jumladan, Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila a’zolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da (oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan), Mirobod tumanida yashovchi N.Sh.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati ko‘tarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan), Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi E.Sh.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda bo‘lgan) kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Sh.E.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan), Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqorichirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat ta’tilidan ishga chiqqan va tana harorati ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan), Yangiyo‘l tumanida yashovchi M.M.da va Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan), Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani yashovchi Sh.E.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi bo‘lgan, tana harorati ko‘tarilib, o‘zi namuna topshirgan) hamda Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MChJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda 6216 holatda kasallik qayd etilgan. Hozirgacha ularning 69 foizi, ya’ni 4290 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lgan. Shu kunlarda shifokorlarimiz yurtimizning o‘nta xududidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 1907 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring