Koronavirus insonga qaysi hayvondan o‘tgan: birinchi tashuvchi aniqlandi
Yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2 ) ko‘rshapalaklardan odamga daydi itlar orqali o‘tgan — Ottava universiteti (Kanada) olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot tafsilotlari bilan «Molecular Biology and Evolution» jurnalida chiqqan maqola orqali batafsil tanishish mumkin.
Kanadalik olimlarning fikricha, ba’zida ko‘rshapalaklarni yeyishdan ham tap tortmaydigan daydi itlar virusning insonga yuqishida ko‘prik vazifasini bajarib bergan. Itlarning ichagiga tushgan bakteriyalar insonlarda immun javob mavjud bo‘lmagan va keyinchalik ularning o‘ziga ham o‘tgan virus evolyusiyasiga turtki bergan bo‘lishi mumkin.
1252 ta to‘laqonli koronavirus genomi ustida olib borilgan tadqiqotlar shunday xulosa yasashga izn beradi, chunki bular orasida «koronaviruslar shohi» — SARS-CoV-2 ga qarindoshlik darajasi 96 foiz mos kelgan ko‘rshapalak koronavirusi — BatCoVRaTG13 ham bor.
«Sut emizuvchilarda organizmga infeksiya tushishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ZAP oqsili mavjud. Ammo, CpG saytlari juda kam miqdorda bo‘lgan virus organizmga hujum qilganida, u ishdan chiqadi. SARS-CoV-2ning yaqin qarindoshlarida esa bu saytlar judayam oz miqdorda», — ta’kidlashmoqda olimlar.
Kanadaliklarni ayni shu «qarindoshlik an’analari» qiziqtirib qo‘ydi: itlarning ovqat hazm qilish tizimini ishdan chiqaruvchi koronaviruslardagi CpG darajasi SARS-CoV-2 (odam koronavirusi) va BatCoVRaTG13 (ko‘rshapalak koronavirusi)niki bilan bir xil.
Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning aksariyatida ovqat hazm qilish muammosi paydo bo‘lishiga ham e’tibor qaratishni so‘rashmoqda, bu virusning oshqozon-ichak tizimi, ya’ni ovqat hazm qilish tizimiga hujum qilayotganini anglatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter