Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus mashhur modelerni bu dunyodan olib ketdi

Koronavirus mashhur modelerni bu dunyodan olib ketdi

Foto: «AFP 2020 / Pierre Verdy»

Yaponiyalik modeler, «Kenzo» brendi asoschisi Kendzo Takada 4-oktyabr, yakshanba kuni Fransiyada koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Monde» gazetasi xabar berdi.

«Kendzo Takada 2020-yil 4-oktyabr, yakshanba kuni Nyoyi-syur-Sen (Fransiyadagi kommuna) Amerika klinikasida COVID-19 asoratlari tufayli vafot etdi», — deb yozadi gazeta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Takada 1965-yili Yaponiyadan Parijga ko‘chib o‘tgan, 1970-yilda esa u o‘zining brendini tashkil etgan va birinchi butigini ochgan. Hozir erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, shuningdek, parfyumeriya va aksessuarlar tayyorlovchi brend «LVMH» kompaniyasiga tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring