Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus kimlarga yuqmasligi haqidagi savolga mutaxassis javob berdi

Koronavirus kimlarga yuqmasligi haqidagi savolga mutaxassis javob berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda mutaxassis aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

Koronavirusning yengil darajasida dori vositalarisiz organizm kasallikni o‘zi yengishi mumkinmi?

— Ha, shunday ham bo‘lishi mumkin.  Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, kontaktda bo‘lgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya’ni yengil darajada o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 

Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshka kuchli dori vositalarisiz yengishlari mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qo‘llab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi. Shuningdek:

  • tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish, kuniga kamida 8 marta ;
  • kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;
  • sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bo‘lishi;
  • S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, na’matak, malina choylarni ichish, bolg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste’mol qilish;
  • Shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.

Koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma’lumotlar mavjudmi?

— JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Bugungi kunda niqob taqib yurish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish hamda imkon qadar o‘zini alohidalagan shaxslarga kasallik yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.

Odamlar bilan muloqotni umuman cheklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin.

Biroq ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya davrida inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va o‘shal davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa bu kasallikni yengil kechirishi mumkin.

Shuningdek, bugungi kunda kasallanib o‘tganlar organizmida neytral antitanachalar hosil bo‘lsa, bu insonlarda turg‘un immunitet hosil bo‘lishi va koronavirusga qayta chalinmasligi to‘g‘risida Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Farzandim uchun an’anaviy ta’lim olishda doka niqobdan ko‘ra bir martalik niqoblarni afzal ko‘rinmoqda. maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

— Tibbiy niqoblarga spirt bilan ishlov bermaslik kerak, ayniqsa bir martalik niqoblarga.

Chunki bolalarda kasallik alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, niqoblarni ichki qismiga bola og‘iz bo‘shlig‘idan ajralgan viruslar yopishadi.

Bola maktabda bir martalik niqoblarni spirtli eritma bilan ishlov beraman deb qo‘llari bilan ushlaganida qo‘llariga va shu niqoblar qo‘yilgan satxlarda viruslar qolib ketadi. Bu esa shu vaqtning o‘zida maktabdagi boshqa bola organizmiga virus tushishini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, tibbiy niqoblarni ichki qismini spirt bilan namlab nafas olganda bir qancha asoratlarni, masalan og‘iz atrofidagi teri qavatida kuyish, burun shilliq qavati shikastlanishi va hid bilish qobiliyatining pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring