Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Mo‘g‘ulistonda birinchi o‘lim holati qayd etildi

Koronavirus: Mo‘g‘ulistonda birinchi o‘lim holati qayd etildi

Foto: «RIA»

Pandemiya boshlanganidan beri Mo‘g‘ulistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi, deya xabar berdi Sinxua yangiliklar agentligi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Ulan-Bator shifoxonasida davolanayotgan 76 yoshli ayol koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

«Ko‘krak qafasi mushaklari zaifligi, jiddiy respirator va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yuqori qon bosimi, diabet va surunkali gepatit S uning asosiy kasalliklari bo‘lgan. Ayolning hamroh kasalliklarini COVID-19 infeksiyasi zo‘raytirib yuborgan», — deyiladi xabarda.

Umuman olganda, Mo‘g‘ulistonda shu paytgacha 1195 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 824 nafari tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring