Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 14-aprel (infografika)

Bugun, 14-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 31-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 13-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 998 nafarga yetdi: 85 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan beri eng ko‘p yuqtirish holati bugun qayd etildi — 133 nafar.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (577,3 ming), Ispaniya (169,4 ming), Italiya (159,5 ming), Fransiya (136,7 ming) va Germaniya (128,1 ming).
COVID-19 eng ko‘p qayd etilgan 10 mamlakat
13-aprelning so‘nggi soatlarida (bizning vaqt bilan) dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.909.244 nafarga yetdi, shundan 118.497 nafari vafot etgan, 440.273 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
13-aprel kuni kasallik eng ko‘p aniqlangan 10 mamlakat
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter