Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 18-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 18-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 18-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 35-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 17-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1405 nafarga yetdi: 156 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.

17-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 56 nafarga ko‘paydi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (690,9 ming), Ispaniya (188 ming), Italiya (172,4 ming), Fransiya (147,9 ming), Germaniya (139,1 ming) va Buyuk Britaniya (108,6 ming).

Eron va Turkiya koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketishga juda yaqin turibdi.

Koronavirus eng ko‘p qayd qilingan 10 mamlakat

Manba: «Worldometers»

Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.223.230 nafarga yetdi, shundan 152.328 nafari vafot etgan, 567.265 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Koronavirus kuniga eng ko‘p qayd qilinayotgan 10 mamlakat

Manba: «Worldometers»

Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring